Yangiliklar
Yangiliklar
2024-05-03
🌐 Ijtimoiy tarmoqda “Navoiy shahridagi 13-maktabda dars payti o'quvchilar majburiy mehnatga jalb qilinganligi aytilmoqda” sarlavhasi ostida tarqalgan xabar (https://t.me/bankirkundaligi/3963) yuzasidan, Navoiy viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish davomida Navoiy shahridagi 13- umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilari o‘z tushuntirish xatlarida, joriy yilning 22-aprel kuni dars vaqtida hech kim tomonidan majburiy mehnatga jalb qilinmaganligi, aksincha darsdan so'ng maktab hududida obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishda o'quvchilar o'z xohishlari bilan qatnashganliklarini bayon qildilar.
Shunga ko‘ra, 2024-yil 22 aprel kunidagi ijtimoiy tarmoq orqali berilgan mazkur murojaat o‘z tasdig‘ini topmaganligini, shuningdek, barcha o'quvchilar tomonidan hozirda xech qanday e’tirozlari yo‘qligini ma’lum qilishdi.
🌐Bosh boshqarma axborot xizmati