Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

#Rasmiy_munosabat

error

2024-05-03

🌐 Ijtimoiy tarmoqda “Navoiy shahridagi 13-maktabda dars payti  o'quvchilar majburiy mehnatga jalb qilinganligi aytilmoqda” sarlavhasi ostida tarqalgan xabar (https://t.me/bankirkundaligi/3963) yuzasidan, Navoiy viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida Navoiy shahridagi 13- umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilari o‘z tushuntirish xatlarida, joriy yilning 22-aprel kuni dars vaqtida hech kim tomonidan majburiy mehnatga jalb qilinmaganligi, aksincha darsdan so'ng  maktab hududida obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishda o'quvchilar o'z xohishlari bilan qatnashganliklarini  bayon qildilar.

Shunga ko‘ra, 2024-yil 22 aprel kunidagi ijtimoiy tarmoq orqali berilgan mazkur murojaat o‘z tasdig‘ini topmaganligini, shuningdek, barcha o'quvchilar tomonidan hozirda xech qanday e’tirozlari yo‘qligini ma’lum qilishdi.

 🌐Bosh boshqarma axborot xizmati