Yangiliklar
Yangiliklar
2024-05-14
🔰 Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan vaqt ichida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash borasida alohida e'tibor qaratilmoqda.
📝Xususan, viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig'i Lutfullo Xayrullayev hamda sohaga aloqador mas'ullar ishtirokida muddatli harbiy xizmatni o'tab qaytgan bir guruh yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
✏️ Jarayonda 10 nafar yoshlarning taklif va murojaatlari tinglandi. Shundan so'ng yoshlarni qiziqishiga qarab yo'nalishlar kesimida bandligini ta'minlash masalalari bo'yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.