Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

#RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

error

2024-05-14

🔰 Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan vaqt ichida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash borasida alohida e'tibor qaratilmoqda.

📝Xususan,  viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig'i Lutfullo Xayrullayev hamda sohaga aloqador mas'ullar ishtirokida  muddatli harbiy xizmatni o'tab qaytgan bir guruh yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

✏️ Jarayonda 10 nafar yoshlarning taklif va murojaatlari tinglandi. Shundan so'ng yoshlarni qiziqishiga qarab yo'nalishlar kesimida bandligini ta'minlash masalalari bo'yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

🌐Bosh boshqarma axborot xizmati