Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Rossiya Federatsiyasining Nijniy Novgorod viloyati delegatsiyasi mehnat migratsiya sohasini kengaytirish maqsadida Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi.

error

2024-05-24

Nijniy Novgorod viloyati "Mintaqaviy ishga qabul qilish agentligi" bosh direktori o'rinbosari A.Shennikov boshchiligida   delegatsiyasi a'zolari "Volga" OAJ, "Nizhegorodskiy" TK, "Elite Stroy" MChJ, "Russkoe Pole" MChJ ma'sullari ishtirokida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni yo'lga qo'yish fuqarolarimizni Rossiyada xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat faoliyatlarini amalga oshirishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida muzokaralar olib borildi.

 Delegatsiyasi a'zolari Navoiy shahridagi "Ishga marhamat" monomarkaziga tashrif buyurdi va jarayonda o'quv jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, muloqot davomida  monomarkaz tenglovchilari va xorijga ishlash istagida bo'lgan fuqarolar bilan qizg'in uchrashuv o'tkazildi va delegatsiyasi a'zolari mavjud bo'sh ish o'rinlari bilan tanishtirdi.

🌐Bosh boshqarma axborot xizmati