Янгиликлар
Янгиликлар
2024-05-24
Nijniy Novgorod viloyati "Mintaqaviy ishga qabul qilish agentligi" bosh direktori o'rinbosari A.Shennikov boshchiligida delegatsiyasi a'zolari "Volga" OAJ, "Nizhegorodskiy" TK, "Elite Stroy" MChJ, "Russkoe Pole" MChJ ma'sullari ishtirokida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni yo'lga qo'yish fuqarolarimizni Rossiyada xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat faoliyatlarini amalga oshirishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida muzokaralar olib borildi.
Delegatsiyasi a'zolari Navoiy shahridagi "Ishga marhamat" monomarkaziga tashrif buyurdi va jarayonda o'quv jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, muloqot davomida monomarkaz tenglovchilari va xorijga ishlash istagida bo'lgan fuqarolar bilan qizg'in uchrashuv o'tkazildi va delegatsiyasi a'zolari mavjud bo'sh ish o'rinlari bilan tanishtirdi.
🌐Bosh boshqarma axborot xizmati