Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

#korrupsiyaga_qarshi_kurash

error

2024-06-19

KORRUPSIYA - TARAQQIYOT KUSHANDASI

➡️ Viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig'i  Lutfullo Xayrullayev rahbarligida boshqarma xodimlari ishtirokida korrupsiyani oldini olishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

🔹Uchrashuvda moddiy manfaatdorlik yo‘lida qonunga xilof ravishda poraxo‘rlikka aralashib qolayotgan shaxslarning javobgarlikka tortilishi haqida ma’lumot berildi. 

🔹Jamoada bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, har qanday korrupsion vaziyat haqida boshqarma komplayens-nazorat  xodimini xabardor etish, hamkorlikda bu illatga qarshi kurashish lozimligi ta'kidlandi.

🔹Tadbir davomida manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq vaziyatning yuzaga kelishiga qanday omillar sabab bo‘layotgani xususida,  shuningdek, O'zbekiston Respublikasining "Мапfааtlаr to'qnashuvi to'g'risida" 2024-yil 5-iyundagi O'RQ-931-son Qonuni to'g'risida ma’lumot berildi.

✏️ Bu kabi tadbirlar xodimlarining mavzuga oid bilimlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

🌐Bosh boshqarma axborot xizmati