Янгиликлар
Янгиликлар
2024-06-19
KORRUPSIYA - TARAQQIYOT KUSHANDASI
➡️ Viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig'i Lutfullo Xayrullayev rahbarligida boshqarma xodimlari ishtirokida korrupsiyani oldini olishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🔹Uchrashuvda moddiy manfaatdorlik yo‘lida qonunga xilof ravishda poraxo‘rlikka aralashib qolayotgan shaxslarning javobgarlikka tortilishi haqida ma’lumot berildi.
🔹Jamoada bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, har qanday korrupsion vaziyat haqida boshqarma komplayens-nazorat xodimini xabardor etish, hamkorlikda bu illatga qarshi kurashish lozimligi ta'kidlandi.
🔹Tadbir davomida manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq vaziyatning yuzaga kelishiga qanday omillar sabab bo‘layotgani xususida, shuningdek, O'zbekiston Respublikasining "Мапfааtlаr to'qnashuvi to'g'risida" 2024-yil 5-iyundagi O'RQ-931-son Qonuni to'g'risida ma’lumot berildi.
✏️ Bu kabi tadbirlar xodimlarining mavzuga oid bilimlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
🌐Bosh boshqarma axborot xizmati