Yangiliklar
Yangiliklar
2022-10-05
Ijtimoiy tarmoqlarda “Navoiy shahar hokimi topshirig‘i bilan 5-oktabr erta tongdan shahardagi budjet tashkilotlar xodimlariga paxta terimiga chiqishlari shartligi ma’lum qilingan” mazmunidagi tarqalgan xabar yuzasidan Navoiy viloyat Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.
Qayd etilgan ushbu holatlar bo'yicha Navoiy shahridagi I.Karimov ko‘chasi 9-kichik tuman bozorchasi yonidagi avtoturargohdan, G'alaba shox ko'chasidagi chorraxa yonidan va “Umid” qo‘rg‘onida joylashgan avtoturargohdan ko‘ngilli fuqarolar (ishsiz fuqarolar) Karmana tumanida joylashgan fermer xo‘jaliklari paxta dalasiga paxta terimiga (transport tashkil etilgan holda) ixtiyoriy ravishda ketayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, Navoiy shahrida joylashgan budjet tashkilotlari xodimlari paxta terimiga jalb etilmaganligi, mazkur maqola yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish davomida mehnat qonunchiligi buzilishi aniqlanmaganligi ma’lum qilinadi.