Yangiliklar
Yangiliklar
2023-01-18
2022 yilda “Armiyada xizmatni o‘tagan fuqarolarni ish bilan ta'minlash tizimining samaradorligi”
yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida
MA'LUMOT
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-iyundagi “Muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tagan fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shaharlar hokimliklari huzurida tegishli komissiyalarni tashkil etish to‘g‘risida”gi 339-son qarori bilan asosiy vazifalar belgilab berildi.
Mazkur qarorga muvofiq muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va safarbarlik chaqiruv rezervi xizmatchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha hududiy komissiyalar tarkibi tasdiqlangan.
Hududiy kommisiyalar tomonidan tegishli tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunining 38-moddasiga muvofiq 2022 yilda muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan shaxslarni bandligiga ko‘maklashish maqsadida tuman (shahar) hokimlarining tegishli qarorlariga asosan 20 nafardan ortiq xodim ishlovchi korxona, tashkilotlarda harbiy xizmatdan qaytgan xizmatchilar uchun 231 nafar ish o‘rinlari zaxiralangan va ushbu ish o‘rinlariga 130 nafar muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan shaxslar ishga joylashtirilgan.
Bandlik boshqarmasi va tuman (shahar) hokimliklar bilan hamkorlikda hududiy Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini o‘tab qaytgan shaxslarni ishga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish, ularni tadbirkorlik faoliyati boshlashlari uchun subsidiya mablag‘lari berish yuzasidan amaliy choralar doimiy ravishda ko‘rib borilmoqda.
2022 yilda viloyat bo‘yicha 868 nafar fuqarolar muddatli harbiy xizmatni o‘tab zaxiraga bo‘shatilgan. Shundan 68 nafari harbiy qismda xizmatni davom ettirish uchun qolgan bo‘lib, 800 nafarining bandligini ta'minlash uchun quyidagi ishlar amalga oshirildi.
Jami 527 nafarining bandligi ta'minlangan bo‘lib, shundan;
-190 nafari korxona va tashkilotlardagi bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirilgan,
- 50 nafari Huquqni muhofaza qilish organlariga ishga qabul qilingan,
- 6 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan,
- 2 nafariga subsidiya ajratilgan,
Misol uchun: Navbahor tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi orqali Boqiyev Asqarbek Shamsiddin o‘g‘liga subsidiya ajratish orqali (Payvandlash uskunasi) olib berilib bandligi ta'minlandi.
- 53 nafari o‘zini-o‘zi band qilgan,
- 165 nafari oliy va 56 nafari harbiy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirgan,
- 5 nafari fuqarolar talabi yuqori bo‘lgan kasb-hunar yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitish orqali bandligiga ko‘maklashilgan,
Jumladan; Qiziltepa tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi orqali “Qiziltepa qurilish kollejida”
Mardonov Shuxrat Shavkat o‘g‘li (Elektromontajchi elektirik) yo‘nalishi bo‘yicha,
Akramov Dilshodjon Hayitmurod o‘g‘li (Po‘lat va temir beton konstruksiyalar montajchisi) yo‘nalishi bo‘yicha,
Ibodullayev Shuxrat Valijon o‘g‘li Stropalchi (Kran mashinisti yordamchisi) yo‘nalishi bo‘yicha,
Berdimurodov Ravshan Vali o‘g‘li (Elektromontajchi elektirik) yo‘nalishi bo‘yicha,
Hamda Nurota tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan Navoiy shahri “Ishga marhamat” monomarkazida
Muftulloyev Nasriddin Baxodir o‘g‘li (Metallarga ishlov berish) yo‘nalishi bo‘yicha o‘qib chiqdi.
Shuningdek 232 nafar harbiy xizmatdan qaytganlarning
55 nafari (xizmat ko‘rsatish bo‘yicha),
28 nafari (qurilish ishlari bo‘yicha),
10 nafari (savdo yo‘nalishi bo‘yicha),
139 nafari (boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha) tashkil etadi.
Misol uchun; Zarafshon shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi orqali Islomov Sardorjon Zokirjon o‘g‘li “Zarafshon tibbiy sanitariya” qismiga 107-sonli kvota yo‘llanmasi orqali yordamchi ishchi vazifasiga (2 mln 200 ming) oylik maoshi bilan ishga joylashtirildi.
Xatirchi tumanida Muxtorov Furqat Alisher o‘g‘li o‘zini o‘zi band qilish (Qishloq xo‘jaligi yer chopish) orqali bandligi ta'minlandi.
41 nafar fuqarolar chet elga va boshqa viloyatga ko‘chib ketgan bo‘lib hisobdan chiqarilgan.
Shuningdek, muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini o‘tab qaytgan fuqarolarni bandligiga ko‘maklashish maqsadida tuman (shahar) hokimliklari bilan hamkorlikda hududiy Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari “Mehnat yarmarkalari” o‘tkazilib kelinmoqda.
2022 yilda viloyat bo‘yicha 110 marotaba bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari o‘tkazilgan. Yarmarkalarda 3 130 ta korxona va tashkilotlar 12 652 ta bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari bilan qatnashgan. Mazkur yarmarkalarga jami 9 396 nafar fuqaro jalb etilgan, shundan 135 nafari muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini o‘tab qaytgan shaxslarni tashkil etadi.
Yarmarkalarda qatnashgan muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini o‘tab qaytgan shaxslarning 80 nafari ishga joylashtirildi. Shuningdek, 5 nafari kasb-hunarga o‘qitish kurslariga yuborildi va 50 nafariga mehnat qonunchiligi bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi.
Jumladan;
Mehnat vazirligi va Mudofaa vazirligi o‘rtasida Muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini o‘tab qaytgan shaxslarning elektron ro‘yxatlari shakllantirilib, ma'lumot almashish tizimi raqamlashtirilgan;
Tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarida Mudofaa vazirligining hududiy bo‘limlari tomonidan taqdim etilgan manzilli ro‘yxatlarga asosan, ularning bandligini ta'minlashda alohida funksional joriy etilgan.
Bunda, bandligi ta'minlangan shaxslarni monitoring qilishning shaffof tizimi yaratilgan;
Har chorak yakuni bo‘yicha ushbu toifadagi shaxslarning bandlik holati “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali doimiy ravishda monitoring qilib borilmoqda.