Yangiliklar
Yangiliklar
2023-02-27
Ijtimoiy tarmoqlarda "fuqaro S.Ergashev, harbiy gospitalda statsionar davolanish davrida boʼlgan mahalda mehnat qonunchiligiga zid ravishda nohaq ishdan boʼshatilganidan shikoyat qilgan" mazmunidagi tarqalgan xabar yuzasidan Navoiy viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan aniqlanishicha, Navoiy xalqaro aeroportida joylashgan 64911-sonli harbiy qism tomonidan fuqaro Ergashev Siroj Najmiddinovich 2012-yil 25-aprel kunidan 8-may kuniga qadar vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik ta`tili davrida 2012-yil 4-may kuni u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilingan.
O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 100-moddasiga asosan xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish holatlari belgilab berilgan bo’lib, mazkur moddaning 3-qismida “Xodim vaqtincha mehnatga qobilyatsizlik va mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan ta`tillarda bo’lgan davrda mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinishiga yo’l qo’yilmaydi”.
Fuqaro S.Ergashevga Harbiy xizmatchilarning mehnat faoliyati bilan bog’liq nizolar mavjud bo’lgan taqdirda maxsus Harbiy nizomlar bilan tartibga solinishi va Harbiy prokuraturaga murojaat qilish huquqi borligi tushuntirildi.