Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

2023 yil 6 maydagi 840-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun moxiyati, ahamiyati

error

2023-06-01

         O‘zbekiston Respublikasi tomonidan 2023 yil 6 may kuni “Xalqaro mehnat tashkilotining xodimlarni ish joyidagi havoni ifloslanishi, shovqin va tebranishlar tufayli yuzaga keladigan kasbiy xavf-xatardan himoya qilish to‘g‘risidagi 148-sonli Konventsiyasini (Jeneva, 1977 yil 20 iyun) ratifikatsiya qilish haqida” gi O‘RQ-840-sonli Qonuni qabul qilingan. 

            

Iqtisodiyoti jadal rivojlanayotgan mamlakatimizda ushbu Qonun orqali qabul qilingan  Xalqaro mehnat tashkilotining 148-sonli Konventsiyasi korxona tashkilotlar, ularning ishlab chiqarishlarida o‘z faoliyatini olib borayotgan  insonlarni ish jarayonida  yuzaga keladian xavf-xatardan  himoya qilish, xavf-xatarni boshqarish, jilovlash nazarda tutilganligi bilan ahamiyatlidir. 


 

Konventsiyaning 3-moddasida uning maqsadlari ochib berilgan:

 

a) "havoning ifloslanishi" tushunchasi fizik holatlaridan qatьiy nazar, sog‘liq uchun zararli bo‘lgan yoki boshqa munosabatda xavfli hisoblanuvchi moddalar bilan havoning har qanday ifloslanishini qamrab oladi;

 

b) "shovqin" tushunchasi eshitish qobiliyatining yo‘qolishini chaqiruvchi yoki sog‘liq uchun zararli bo‘lgan yoki boshqa munosabatda xavfli hisoblanuvchi har qanday tovushni qamrab oladi;

 

s) "tebranish" tushunchasi qattiq jismlar bilan inson tanasiga uzatiluvchi, sog‘liq uchun zararli bo‘lgan yoki boshqa munosabatda xavfli hisoblanuvchi har qanday tebranishni qamrab oladi.



Biz bilamizki ishlab chiqarishlardagi bunday holatlarni insonlarga, ishchi xodimlarga  ta'sirini tekshirish bo‘yicha 2014 yil 15 sentyabrdagi Vazirlar Maxkamasining 263-sonli qarori asosida korxona tashkilotlarda ish o‘rinlari mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkaziladi. Attestatsiya natijalari asosida “havoni ifloslanishi”, “shovqin” va tebranishlarni kamaytirish choralari ko‘riladi yoki shu kabi ishlarda band bo‘lgan ishchi xodimlarga maxsus himoya vositalari, ish soatlarini kamaytirish yoki qo‘shimcha dam olish kunlari qo‘shib beriladi. 

Yuqoridagilarni inobatga olib, Ish beruvchilar va ularning mas'ullaridan korxona tashkilotlarda ishchilarni ishga jalb etishda ish jarayonlaridagi xavfli va zararli omillarni to‘liq o‘rganib chiqib ushbu omillarni imkon qadar kamaytirishga erishgan holda mazkur konventsiya talablaridan kelib chiqib ish olib borishlari so‘raladi. 

 

 

 

                                                                      Navoiy viloyat Kambag‘allikni qisqartirish

                                                                      va bandlik bosh boshqarmasi