Yangiliklar
Yangiliklar
2023-06-07
Qiziltepa tumanida dastur doirasida kambag`al oilalardagi ishsiz fuqarolarni doimiy ishga qabul qilgan korxonalarga berilayotgan imtiyozlar yuzasidan, loyihaga kiritilayotgan joylardagi tadbirkorlik sub`yektlariga borib tushuntirishlar olib borildi.
Unda viloyat hokimining birinchi o`rinbosari T.Atamurodov hamda viloyat kambag`allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig`i L.Xayrullayev rahbarligida hamda tumandagi tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida o`rganishlar olib borildi.
Dastlabki manzil 900 o`ringa mo`ljallangan kasb-hunarga o`rgatish maktabida bo`lib, u yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.
Shundan so`ng tumanning "Malikobod" mahallasida joylashgan yaqin kunlarda ish boshlamoqchi bo`lgan, birinchi bosqichda 100 nafar, jami 230 nafar xotin-qizlarni ish bilan ta`minlash maqsadida turgan yirik tikuvchilik "SVS NAVOIY" MCHJ ga tashrif buyurib, tadbirkor Z.Egamov loyihalari o`rganildi va ishga qirmoqchi bo`lgan shu mahallaning ishsiz fuqarolari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazilib, taklif va murojaatlar yechimi yuzasidan tegishli tuman rahbarlariga ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek o`rganuvchilar "Bunyodkor" mahallasida bo`lib, oilaviy tadbirkorlikni yo`lga quygan zamonaviy stol-stul ishlab chiqaruvchi tadbirkor N.Ergashev, faoliyatini o`rgandilar. Tadbirkor ijtimoiy restrda ro`yhatda turuvchi 20 nafar ishsiz xotin-qizlarni, 3 nafar yigitlarni bandligini ta`minlagani hamda kelgusida yana 30 ga yaqin bo`sh ish o`rni yaratish istagi borligini bildirdi. Shu kuni o`rganishlar jarayonida tadbirkorlarning taklif va loyihalari o`rganildi.
Navoiy viloyat Kambag`allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi
Axborot xizmati