Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

#Amaliy_o`quv seminari

error

2023-06-07

✅Joriy yilning 7-iyun kuni Navoiy shahridagi “Yangi obod” mahallasida Viloyat Kambag`allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig`i L.Xayrullayev va shahar kambag`allikni qisqartirish va bandlikka ko`maklashish bo‘limi boshlig‘i J.Otamurodov hamda shahar hokimining birinchi o‘rinbosari va aloqador mutasaddi rahbarlar ishtirokida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlashda yangi bosqichga o‘tish masalalariga bag‘ishlangan amaliy o‘quv seminari bo`lib o‘tdi.

✅Unda “Yangi obod” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 50 dan ortiq ishsiz fuqarolar ishtirok etib. Ularga «20 ming tadbirkor - 500 ming malakali mutaxassis» dasturini mazmun mohiyati tushuntirib o‘tildi.

✅Uchrashuv davomida 16 ta murojaat o‘rganilib, shulardan 4 nafar ishsiz fuqaroning bandligi ta‘minlandi, 12 nafar fuqaroga tushuntirish va huquqiy maslahatlar berildi. Mahalladagi mavjud muammolar o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Navoiy viloyat Kambag`allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Axborot xizmati.