Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

#INSON_QADRI

error

2023-06-12

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kambag`allikni qisqartirish va bandlikni ta`minlash ishlarini yangi pog`onaga olib chiqish chora-tadbirlari" yuzasidan

Bugun viloyat hokimi N.Tursunov rahbarligida, Navoiy shahrining kichik iqtisodiy sanoat zonasida joylashgan "NEW IRRIGATION GULTURE" MCHJ tikuvchilik korxonasi faoliyati o`rganildi.

Unda viloyat Kambag`allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig`i L.Xayrullayev hamda tegishli mas`ullar ishtirokida o`rganishlar olib borildi.

Dastlab o`rganuvchilar  "NEW IRRIGATION GULTURE" MCHJ da ishchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar, so`ngra fuqarolarni murojaatlarini o‘z joyida eshitish, o‘rganish va yechimini ta’minlash maqsadida, yaqinda ishga qabul qilingan fuqarolar bilan suhbatlar o`tkazilib, taklif va murojaatlar yechimi yuzasidan tegishli rahbarlarga ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek "NEW IRRIGATION GULTURE" MCHJ rahbari  D.Saidova loyihasi o`rganilib, «20 ming tadbirkor-500 ming malakali mutaxassis» dastur bo‘yicha berilayotgan imtiyozlar, shart-sharoitlar birma-bir to‘liq tushuntirilib o`tildi.

Mazkur tikuvchilik korxonasida asosan maxsus kiyimlar ishlab chiqariladi. Hozirgi kunda 50 nafar xotin-qizlarni doimiy ish o`rni bilan ta`minlagan. Shundan
11 nafari
"Ayollar daftari"da ro`yhatda turuvchi fuqarolardir. Kelgusida ushbu korxonaga "Ayollar daftari" hamda "Yoshlar daftari" da ro`yhatda turuvchi yana
100 nafar
xotin-qizlarni doimiy ishga qabul qilish rejalashtirilgan.

Navoiy viloyat Kambag`allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Axborot xizmati