Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

#Tadbirkorlar murojaati ijobiy yechim topmoqda

error

2023-06-13

✅Navoiy viloyati Kambag`allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig`i L.Xayrullayev tomonidan o`tkazilgan sayyor qabulda “JJS SILK TEXTILE GROUP” MCHJ korxonasi rahbari Z.Sanaqulova 20 nafar ishga kirish istagi bo`lgan xotin-qizlarni kasb-hunarga o`qitib berilishida amaliy yordam so`rab murojaat qildi. Tadbirkorning taklif va murojaati shu kunning o`zida o`rganilib.  

✅Viloyat Kambag`allikni qisqartirish  va bandlik bosh boshqarmasi, tuman Kambag`allikni qisqartirish  va bandlikka ko`maklashish bo`limi, Nurota tumani "Ishga marhamat" Monomarkazi hamda “JJS SILK TEXTILE GROUP” MCHJ korxonasi hamkorligida korxonaning o`zida tikuvchilik yo`nalishida qisqa muddatli o`quv kursi tashkil etildi.

✅Kambag`allikni qisqartirish  va bandlik bosh boshqarmasi, Kasbga o`qitish va milliy malaka bo`limi boshlig`i I.Rasulov korxonada tikuvchilik hunarini o`rganayotgan xotin-qizlar bilan suhbatlashib ularga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

✅Quvonarlisi o`qish jarayonida har oy fuqarolarga stependiya mablag`lari to`lab beriladi va o`quvchilar nazariy bilim olish bilan birga, bevosita ishlab chiqarish korxonasida amaliyot jarayonlarida ishtirok etadilar.

📌Muhimi 20 nafar ishsiz xotin-qizlar kasb-hunar egallagach korxonaning o`zida ishga joylashish imkoniyati yaratilmoqda.

Navoiy viloyat Kambag`allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Axborot xizmati.