Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

“Yilning eng yaxshi ijtimoiy xodimi” ko`rik tanlovi

error

2023-06-15

✅Muhtoj fuqarolarga ijtimoiy-maishiy xizmat ko'rsatishni yuqori pog'onaga ko'tarish, yanada sifatini oshirish hamda ijtimoiy xodimlarni rag'batlantirish maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 iyundagi PQ-3787-sonli qarorining 15-bandiga muvofiq, har ikki yilda “Yilning eng yaxshi ijtimoiy xodimi” kasbiy ko'rik tanlovini o'tkazish belgilangan.

✅Viloyat Kambag`allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig`i L.Xayrullayev tashabbusi bilan, joriy yilning 13-iyun kuni Navbahor tumanida, Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish tuman bo'limi ijtimoiy xodimlari o'rtasida “Yilning eng yaxshi ijtimoiy xodimi” ko'rik tanlovi o'tkazildi.

 ✅Mazkur tanlovda ishtirokchilarning 5 nafari o'zaro bellashdi. Unda tanlovning barcha shartlaridan o`z ixtidor va qobiliyatini namoyon eta olgan ishtirokchilarni hakamlar hay`ati munosib baholadi. Unga ko`ra G.Do'stova 3-o'rinni, D.Ibragimova 2-o'rinni, I.Sattorova faxrli birinchi o`rinni qo`lga kiritdi. Tanlov g`oliblari faxriy yorliqlar va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Navoiy viloyat Kambag`allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Axborot xizmati