Yangiliklar
Yangiliklar
2023-06-17
Joriy yilning 14-iyun kuni Viloyat Kambag`allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig`i L.Xayrullayev rahbarligida Kambag`allikni qisqartirish va bandlikka ko`maklashish tuman bo`limi boshlig`i D.Ochilov, mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi hamda viloyat teleradiokompaniyasi hamkorligida, Navbahor tumanidagi «Yoshlar daftari» ro`yxatida turuvchi yoshlarga hokim yordamchilari tafsiyanomasi asosida ajratilgan imtiyozli kredit va subsidiyalarning natijadorligi o`rganildi.
Unda tumanning "Navkar" MFY da yashovchi «Yoshlar daftari»da ro`yxatda turgan, A.Maxamatqulov 33 mln so`m imtiyozli kredit evaziga suvni qayta ishlashni yólga qóydi.Bugungi kunda «Axror Water» Oilaviy korxonasini tashkil etib 3 nafar fuqaroning bandligini taminlashga erishdi.
Ushbu hududda istiqomat qiluvchi yana bir hamyurtimiz X.Toshqulova xonadonida ham o`z mablag`lari hisobidan mójazgina issiqxona tashkil etilgan. Ayni damda tadbirkor daromadni yanada kengaytirish maqsadida hokim yordamchisiga murojaat qildi. Tavsiyanomaga asosan fuqaroga 50 mln so`m imtiyozli kredit ajratilib hozirgi kunda yana 4 sotix maydonda issiqxona tashkil qilmoqda.
Shu kuni viloyat Kambag`allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tomonidan «Yoshlar daftari» da ro`yxatda turuvchi 2 nafar xotin-qiz, M.Qosimova hamda K.Xamdamovalarga subsidiya asosida zamonaviy tikuv mashinalari topshirildi. Bu kabi amaliy ishlar hududlarda davom etmoqda.
Navoiy viloyat Kambag`allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi аxborot xizmati.