Yangiliklar
Yangiliklar
2023-07-14
📝Qiziltepa tuman Kambag`allikni qisqartirish va bandlikka ko`maklashish bo`limida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi 93-sonli Farmoni hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyul kunidagi 279-sonli qaror ijrosi yuzasidan seminar bo'lib o'tdi.
✅Unda viloyat Kambag`allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig`i L.Xayrullayev rahbarligida Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʼmaklashish tuman boʻlimi xodimlari hamda hokim yordamchilari, tadbirkorlar ishtirok etishdi.
✅Seminarda Kambagʼallikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlashda yangi bosqichga oʼtish hamda dastur doirasida tadbirkorlarga yaratilgan shart-sharoit, imtiyoz va qulayliklar haqida keng tushunchalar berilib, tadbirkorlarning taklif va muammolari oʼrganildi hamda qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.
🌐Navoiy viloyat Kambag`allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi axborot xizmati