Yangiliklar
Yangiliklar
2023-07-29
🌍Ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqaro Erkin Abdullayev tomonidan Navoiy Kon Metallurgiya Kombinati "DAUGIZTAU" kon boshqarmasi "Noqonuniy topshiriqlar va majburiy mehnatga jalb qilishmoqda" sarlavhasi ostida murojaat e'lon qilingan edi.
✅Ushbu murojaatdagi holat yuzasidan tegishli mas'ullar tomonidan olib borilgan o'rganish ishlari yakunlariga ko'ra, fuqaro Erkin Abdullayev murojaatida keltirilgan vajlar bo'yicha, Navoiy Kon Metallurgiya Kombinati "DAUGIZTAU" kon boshqarmasida majburiy mehnatga jalb qilish yuzasidan o'rganish o'tkazilganda O'zbekiston Respublikasi MJtKning 51-moddasi bo`yicha qonun buzilish holati aniqlanmaganligini ma'lum qilamiz.
🌐 Navoiy viloyat Kambag`allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarma axborot xizmati