Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

NOVJA MAHALLASIDA "OBOD XONADON", "OBOD KO'CHA" VA "OBOD MAHALLA" MEZONLARI JORIY ETILADI

error

2023-07-29

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PF-287-son Farmoni bilan Xatirchi tumanining "qizil" toifadagi mahallalar,  ro`yxatiga "Novja" mahallasi ham kritilgan edi. 

Mazkur mahallada Respublika ishchi guruhi hamda tegishli rahbarlar tomonidan mas`ullar uchun yig'ilish o'tkazildi.

Ushbu tadbirda O`zbekiston Respublikasi Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligi vakillari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Navoiy viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri F.Quvondiqov, Navoiy viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig'i L.Xayrullayev va tegishli mutasaddilar ishtirok etdi. 

Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining to‘liq bazasini shakllantirish bo‘yicha mahallada shtap tashkil etildi. Mas'ullarga mazkur mahallada "Obod xonadon", "Obod ko'cha" va "Obod mahalla" mezonlarini joriy etish bo'yicha belgilangan vazifalarni mazmun-mohiyati hamda ular ijrosini ta'minlash yuzasidan tushuntirishlar berilib xatlov jarayonlari boshlandi.

Mahallada xonadonlarni xatlovdan o`tkazish jarayonlarida Respublika ishchi guruhi hamda tumandagi mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchilari tomonidan amalga oshirilmoqda.

Navoiy viloyat Kambag`allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi аxborot xizmati