Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

“Obod mahalla”, “Obod ko‘cha”, “Obod xonadon” dasturi borasida "Novja" mahallasida keng ko`lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

error

2023-08-02

Xatirchi tumanidagi "Novja" mahallasi maydoni jihatdan tumandagi kichik mahallalardan biri hisoblanadi. Mazkur mahallani yer maydoni 80.3  gektarni tashkil etib, unda 11 ta ko'cha mavjud.  520  ta oila,   1871 nafar aholi istiqomat qilmoqda.

Hozirda “Obod xonadon”, “Obod ko'cha” va “Obod mahalla” mezonlari joriy etilib, mahalla infratuzilmasi tubdan takomillashmoqda. Xususan yo'l ta'miri, elektr, gaz va ichimlik suv ta'minoti yaxshilanmoqda, ijtimoiy ob'yektlar, aholi xonadonlari obodonlashtirilmoqda.

 Shuni alohida ta'kidlab o`tish joizki, amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarida mahalla aholisi ham faol ishtirok etmoqda.  

Navoiy viloyat Kambag`allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi axborot xizmati.