Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

MAHALLA OBODLIGI - YURT FAROVONLIGI

error

2023-08-04

Yurtimizda 30-iyuldan 30-avgustga qadar obodonlashtirish oyligi doirasida bunyodkorlik ishlari yanada jadal tus oldi. Mahalladan xonadongacha tamoyili asosida mahalla guzarlari, xonadonlar, ziyoratgohu qabristonlar tartibga keltirilmoqda. 

Mazkur ishlar mahallalar qiyofasini tubdan o'zgartirmoqda. Ayniqsa viloyatimizning chekka va olis hududlaridagi sharoiti og'ir mahallalarda obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda. 

Jumladan Xatirchi tumani "Novja" mahallasiga Viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig'i L.Xayrullayev tashrif buyurib, mahalla aholisini ijtimoiy ahvoli hamda olib borilayotgan obondonlashtirish ishlari bilan tanishdi. O'rganishlar davomida aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ullarga aniq va muddatli topshiriqlar berildi.

Tashrif davomida yakka yolg'iz nogironligi bo'lgan fuqarolarning holidan xabar olindi. Xususan Saidov Vapoqul otaxonning xonadonida bo`lib, obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Obodonlashtirish oyligi doirasida bu kabi tadbirlar orqali viloyatimizning olis hududlari ham obodlikka yuz tutmoqda. Hal etilishi kechga qolgan, aholi kayfiyatiga ta’sir qilayotgan muammolar esa navbat bilan o‘z yechimini topmoqda.

Navoiy viloyat Kambag`allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Axborot xizmati