Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

#Korrupsiyaga qarshi kurashamiz

error

2023-09-08

Bugun Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish Navoiy shahar bo'limida, bo'lim xodimlari, mahalla raislari hamda hokim yordamchilari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashamiz” mavzusida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Navoiy viloyat boshqarma boshlig'i M.Xamroyev hamda Navoiy shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi boshlig'i J.Otamurodov ishtirok etdi.

Tadbir davomida J.Otamurodov so'z olib bo'lim xodimlari, mahalla raislari va hokim yordamchilari faoliyati davomida salbiy oqibatlarga yo‘l qo‘ymaslik, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga qarshi keskin kurashish, o‘ziga yuklatilgan funksional xizmat vazifalarini qonun talablari asosida sidqidildan bajarish, tanish-bilishchilik, mas'uliyatsizlik, ta’magirlik va manfaatlar to‘qnashuviga yo'l qo'ymaslik, aniqlangan korrupsion holatlar yuzasidan bosh boshqarmaga masʼul xodimiga vaqtida axborot berish to'g'risida tushuntirib o`tdi.


Navoiy viloyat Kambag`allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi axborot xizmati