Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

# “Ombudsman maktabi” doirasida seminar

error

2023-09-08

Keyingi yillarda qabul qilingan qonun va boshqa qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini, keng jamoatchilikka etkazish maqsadida Qiziltepa tumanida "O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish va mehnat huquqi masalalari” mavzusida “Ombudsman maktabi” doirasida seminar o'tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) F.Eshmatova, Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili (Ombudsman) SH.Djo'rayev va viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig'i L.Xayrullayev hamda tegishli tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

Mazkur tadbir boshida Feruza Eshmatova so‘z olib, barcha viloyatlarda   “Ombudsman maktabi” lari tashkil etilganligi, inson huquqlari, fuqaro murojaatlariga alohida e‘tibor qaratilayotganligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so'ng viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi  boshlig'i L.Xayrullayev so'zga chiqib kambag'allikni qisqartirish - aholini tadbirkorlikka jalb etish bo'yicha tushunchalar berdi. Shuningdek kasbga tayyorlash va kasanachilikni kengaytirish, ish o'rinlarini yaratish masalalarida ham to'xtalib tadbir ishtirokchilarini mavzu yuzasidan qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berdi.

Navoiy viloyat Kambag`allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Axborot xizmati