Yangiliklar
Yangiliklar
2023-09-11
Bugun viloyat Kambaga‘llikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i L.Xayrullayev va boshqarma Kompleans nazorat shu'basi bosh mutaxassisi A.Xojamshukurov ishtirokida "Korrupsiya- millat dushmani" mavzusida seminar bo'lib o‘tdi.
Unda viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi bo'lim boshliqlari hamda Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish tuman (shahar) bo'lim boshliqlari ishtirok etdi.
Tadbirda ishtirokchilarga hozirgi kunda eng dolzarb masalalardan biri korrupsiya ekanligini, Korrupsiya - shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi to’g’risida tusunchalar berildi.
Barcha xodimlarga kelgusida ish faoliyati davomida korrupsiya xolatlariga yo‘l qo‘ymaslik hamda bunday qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygan taqdirda, jinoiy javobgarlik va mehnat shartnomasini bekor qilishgacha bo‘lgan intizomiy jazo choralari ko‘rilishi bo‘yicha ogohlantirildi.
Navoiy viloyat Kambag`allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi
Axborot xizmati