Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

#Korrupsiya- millat dushmani.

error

2023-09-12

✔️Korrupsiya ma’naviy nuqtai nazardan axloqsizlik va illat, huquqiy jihatdan jinoyat hisoblanadi. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib kеladi. Shu bois unga qarshi kurashish muhim ahamiyat kasb etadi.

🔸Ayni maqsadda  Xatirchi tuman hokimligida, tuman hokimi v.v.b I.Muxammadiyev hamda viloyat Kambaga‘llikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i L.Xayrullayev rahbarligida "Korrupsiya- millat dushmani" mavzusida seminar bo'lib o‘tdi.

🔸Unda Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish tuman bo'limi xodimlari, hududdagi mahalla raislari hamda hokim yordamchilari ishtirok etdi. 

🔸Tadbirda davlat xizmatchilari tomonidan korrupsiyaga oid jinoyatlarning sodir etilish oqibatlari va ularning oldini olish bo‘yicha fikr-mulohazalar yuritildi.

 🌐Boshqarma axborot xizmati