Yangiliklar
Yangiliklar
2023-09-12
Bugun Qiziltepa tuman hokimligi hamda Kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish tuman bo’limi hamkorligida ishsiz fuqarolarni bandligini taʼminlash maqsadida "Bo'sh ish o'rinlari" mehnat yarmarkasi o'tkazildi.
Unda 19 ta ish beruvchi korxona va tashkilotlar ishtirok etdi. Shundan 13 ta byudjet tashkilotlari hamda 6 ta xususiy korxonalar o'zlarida mavjud jami 385 ta "bo'sh ish o'rinlari" bilan ishtirok etishdi.
Mazkur mehnat yarmarkada 140 nafardan ortiq ishsiz fuqarolar qatnashdi. Jumladan, 103 nafar ishsizlarni bandligi ta'minlandi, 26 nafar fuqaroga mehnat qonunchiligi yuzasidan huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi.
🌐Boshqarma axborot xizmati
Navoiy viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing