Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

MEHNAT HUQUQI

error

2026-03-19

Qoʻshimcha vazifa doimiy boʻlsa, yozma kelishuv boʻlishi kerak 

▪️Mehnat kodeksining 116-moddasi toʻrtinchi qismiga  (https://lex.uz/docs/6257288#6260302)koʻra, xodimda qoʻshimcha vazifa doimiy yuklatilsa, buni mehnat shartnomasiga qoʻshimcha kelishuv bilan rasmiylashtirish kerak.

Aks holda, bu qonun buzilish hisoblanadi va ish beruvchining maʼmuriy javobgarligini keltirib chiqaradi. 

❗️Agar vaqtincha, yaʼni muddatli boʻlsa, bu xodimning roziligi bilan ish beruvchining buyrugʻi bilan rasmiylashtirish mumkin.

Mehnat kodeksining 116 va 259-moddalariga asosan qoʻshimcha vazifa yuklatilganda qoʻshimcha toʻlov toʻlanishi kerak.

❗️Faqat vaqtincha yoʻq boʻlgan xodimni ishini bajarish qonunchilik, mehnat shartnomasi va mansab yoʻriqnomasida koʻrsatilganda qoʻshimcha haq toʻlanmaydi.