Янгиликлар
Янгиликлар
2026-03-19
Qoʻshimcha vazifa doimiy boʻlsa, yozma kelishuv boʻlishi kerak
▪️Mehnat kodeksining 116-moddasi toʻrtinchi qismiga (https://lex.uz/docs/6257288#6260302)koʻra, xodimda qoʻshimcha vazifa doimiy yuklatilsa, buni mehnat shartnomasiga qoʻshimcha kelishuv bilan rasmiylashtirish kerak.
Aks holda, bu qonun buzilish hisoblanadi va ish beruvchining maʼmuriy javobgarligini keltirib chiqaradi.
❗️Agar vaqtincha, yaʼni muddatli boʻlsa, bu xodimning roziligi bilan ish beruvchining buyrugʻi bilan rasmiylashtirish mumkin.
Mehnat kodeksining 116 va 259-moddalariga asosan qoʻshimcha vazifa yuklatilganda qoʻshimcha toʻlov toʻlanishi kerak.
❗️Faqat vaqtincha yoʻq boʻlgan xodimni ishini bajarish qonunchilik, mehnat shartnomasi va mansab yoʻriqnomasida koʻrsatilganda qoʻshimcha haq toʻlanmaydi.
Навоий вилояти Камбағалликни қисқартириш ва Бандлик бош бошқармаси
Сайт материалларидан фойдаланганда,
ушбу сайтга хавола
кўрсатилиши шарт
Матнда хатолик топдингизми? Сичқонча билан белгилаб, Ctrl+Enter тугмаларини босинг