Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

#SAYYOR QABUL

error

2023-09-13

Bugun Navbahor tumani "Chorvoqguzar" mahallasida aholi murojaatlarini tinglash va ularning muammolarini o‘rganish maqsadida sayyor qabul o'tkazildi. Unda Viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig'i L.Xayrullayev, Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili SH.Djo'rayev hamda MFY beshligi ishtirok etishdi. Qabulda tumandagi "Sarbozor","Chorvoqguzar" , "Navkar" mahallalari aholisi qatnashdi. Inson qadrini ulug‘lash, xalqimizni rozi qilish, muammolarga oqilona yechim topish maqsadida tashkil qilingan sayyor qabulda, fuqarolardan turli yo‘nalishlarda 30 ga yaqin murojaatlar qabul qilindi. Aholidan yo'llangan har bir murojaat atroflicha oʻrganib chiqildi. Ularning aksariyati joyida bartaraf etildi. O‘rganish va muddat talab qiladigan murojaatlar esa nazoratga olinib, tegishli mas’ullarga ularni o‘rganib, hal etish bo‘yicha ko'rsatma va topshiriqlar berildi. Shuningdek, qabul so'ngida “Navkar” MFYda istiqomat qiluvchi "Ayollar daftari"da ro'yhatda turgan ikki nafar xotin-qizga hokim yordamchisining tavsiyanomasiga asosan subsidiya evaziga zamonaviy tikuv mashinasi topshirildi.

Shuni aytishimiz joizki, ajratilgan ushbu subsidiyalar xotin-qizlarimizning turmush farovonligini ta'minlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Boshqarma axborot xizmati