Yangiliklar
Yangiliklar
2023-09-16
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi PQ-331-sonli "Mahallalarda sanoat, hunarmandchilik, kasanachilik va chorvachilik mikromarkazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" gi Qaror ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar.
🔸Xatirchi tuman hokimi v.v.b I.Muhammadiyev, Viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig'i L.Xayrullayev, tuman Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'lim boshlig'i I.Toshonov hamda tegishli mas'ullar ishtirokida "Damariq" MFY hududidagi bo'sh turgan binolarni joyiga borib o'rganilib muhokama qilindi.
🔸Maqsad ishsizlik darajasi yuqori bo‘lgan mahallalarda zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarining ishga tushirilishini jadallashtirish hamda xizmat ko'rsatish, hunarmandchilik, kasanachilikni kengaytirish ushbu asosda doimiy ish joylari tashkil etilishini ta’minlash va aholi daromadlarini oshirish maqsadida, mikromarkazlarni istiqbolda tashkil etish.
🔸Shu maqsadda, Viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig'i L.Xayrullayev o'rganishlar davomida mikromarkaz tashkil etish bo'yicha, tegishli mas’ullarga ko'rsatma va topshiriqlar berib, qat’iy nazoratga olinishini ta’kidladi. 🔸Bu kabi aniq maqsadli o'rganishlar natijasida, yangi ish o'rinlari, aholi bandligini ta'minlashdek ustuvor vazifalarni belgilashda dasturil amal bo'lib xizmat qiladi.
🌐Navoiy viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarma
axborot xizmati.