Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

#NAVOIY SHAHRIDA MAHALLANING YANGI BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

error

2023-09-16

Prezidentimizning 2022-yil 25-oktayabr kunidagi "2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo'yicha chora tadbirlar to'g'risida" gi 408-sonli qaroriga asosan, Navoiy shahridagi "Chinor" mahalla binosi umumiy qiymati 850 mln. so‘m mablag‘ evaziga yangidan barpo etildi.

Bugun Navoiy shahridagi "Chinor" mahallasi faollari uchun bugungi tantananing quvonchi o'zgacha. Aholi murojaatlarini o'rganish yoki hal etish mahalla beshligiga qulaylik yaratish maqsadida yangi bino foydalanishga topshirildi. Uzoq kutilgan sovg'a mahalla ahlining kayfiyatiga yanada ko'tarinkilik bag'ishladi.

Dastlab tadbirda davlatimiz madhiyasi yangradi, marosimda so‘z olganlar mahalla ahlini ushbu qutlug‘  kun va topshirilgan yangi bino bilan qutladi. Shundan soʻng, ramziy bog'ich kesish marosimi oʻtkazilib, yangi binoda yaratilgan shart-sharoitlar koʻzdan kechirildi. Nuroniylar kelgusida mazkur inshoot ko'p yillar davomida xalqimizga xizmat qilishini, yurtimizni tinchligini so'rab, duoga qo'l ochishdi.

Mazkur mahallada ko'p qavatli uylar soni 31 ta tashkil etadi, unda 5870 nafar aholi istiqomat qiladi.

Navoiy viloyat Kambag`allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi axborot xizmati