Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

#INSON_QADRI_UCHUN

error

2023-09-19

🔸Bugun Uchquduq tuman hokimi S.Хаmroyev, Viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig'i L.Xayrullayev hamda tegishli mas'ullar ishtirokida tumanda qurilishi rejalashtirilgan "Kasb-hunar"  o'quv markazi loyihasi bilan tanishdi.

🔸Xususan bu loyiha bo'yicha 24 nafar ishsizlar bandligi ta'minlanishi ko'zda tutilgan. Shuningdek ushbu markazda kasbga ega bo'lmagan hamda ishsiz fuqarolar o'qitilib kasb egallagach, o‘z ishini topishiga amaliy ko'mak beriladi.

🔸Shu maqsadda, Viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig'i L.Xayrullayev  o'rganishlar davomida "Kasb-hunar"  o'quv markazi tashkil etish bo'yicha, tegishli mas’ullarga ko'rsatma va topshiriqlar berib, markazni qurush uchun birinchi tamal toshini qo'ydi.

🔸Ko‘rilayotgan bu chora-tadbirlar zamirida ikkita eng asosiy maqsad – yoshlar va xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, natijada oilalarga barqaror daromad manbai yaratish ko'zda tutilgan.

🌐Boshqarma axborot xizmati