Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

# MEHNAT YARMARKASI

error

2023-09-22

✔️Bugungi kunda viloyatimizda ishsiz va band bo'lmagan fuqarolarni bandligini ta'minlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb qilish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
🔹Xususan bugun Konimex tumani Kasb-hunar maktabida tuman Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi tomonidan Kasb-hunar maktabi bitiruvchilari, xotin-qizlar hamda ishsiz fuqarolarni ish bilan ta'minlash maqsadida "Bo'sh ish o'rinlari" mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

🔹Unda tumandagi 31 ta korxona va tashkilotlar, jumladan 21 ta byudjet tashkilotlari, 10 ta xususiy korxonalar o'zlarida mavjud 96 ta bo'sh ish o'rinlari hamda ishlab chiqarilgan mahsulotlar na'munalari bilan ishtirok etishdi.

🔹Mazkur yarmarkada 120 nafarga yaqin ishsiz fuqarolar qatnashdi. Shundan 55 nafar xotin-qizlarni tashkil etadi. 🔹Yarmarka davomida 15 nafar fuqarolar korxona va tashkilotlarga doimiy ishga joylashtirildi. Shuningdek 31 nafar kasb-hunarga ega bo'lmagan fuqarolar Kasb-hunar maktablariga kasbga yo'naltirildi. 5 nafar "Ayollar daftari"da ro'yhatda turgan xotin-qizlarga hokim yordamchisi tavsiyanomasi bilan zamonaviy tikuv mashinasi subsidiya asosida ajratilib, ularning bandligini ta'minlashga erishildi.  O'ylaymizki, ushbu xotin-qizlarimiz yaqin yillarda faoliyatlarini kengaytirib, ishchi o'rinlari yaratish orqali ishsizlikni kamaytirishga va ayollarimizni hunar o'rganishlariga munosib hissasini qo'shishadi.

🌐Navoiy viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati