Yangiliklar
Yangiliklar
2023-09-28
NUROTADA BO’SH ISH O’RINLARI MEHNAT YARMARKASI O’TKAZILDI
Nurota tumani Gʻ.Gʻulom" mahallasi "Obod xonadon, obod koʻcha, obod mahalla" tamoyili asosida amalga oshirilayotgan obodonchilik va bunyodkorlik ishlari bilan birgalikda mazkur mahalla ishsiz aholisini bandligini ta’minlash yuzasidan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, bugun Nurota tumanidagi 1- sonli "Ixtisoslashtirilgan maktabi"da ishsiz fuqarolarni bandligini ta'minlash maqsadida “Bo'sh ish o'rinlari" mеhnat yarmarkasi oʻtkazildi.
Unda tumandagi 60 dan ziyod korxona va tashkilotlar 220 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi.
Mazkur yarmarkada 20 nafar fuqarolar doimiy ish bilan bandligi ta'minlandi, 12 nafar fuqaro kasb-hunarga o'qitishga yo'naltirilib 41 nafariga huquqiy maslahat va tushunchalar berildi.
Shuningdek, "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftarida" ro'yhatda turgan 50 nafar xotin-qizlarga tikuv mashinalari subsidiya asosida topshirildi.
🌐Navoiy viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi
Axborot xizmati