⚖️ 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun ✔️ Konstitutsiya va uning asosida yaratilgan qonunlarni chuqur o'rganish har birimizning burchimizdir !
08-12-2023
Qadrli yurtdoshlar Bugun 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi.Haq-huquqlarimizning mustahkam poydevori bo‘lgan muborak kun bilan barchangizni Navoiy viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi muborakbod etadi. Oldingizga qo‘ygan maqsadlaringiz sari dadil qadamlar bosing, faoliyatingizda yuksak parvozlar tilaymiz. 🌐Bosh boshqarma axborot xizmati
07-12-2023
#OBOD MANZILLAR ✅Bugun Navbahor tumanidagi "Qorovultepa" MFY “Obod xonadon – obod ko'cha – obod mahalla” mezonlari asosida joriy etilgan mahalla fuqarolar yig'inida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi bayrami ham katta tantana bilan nishonlandi.
07-12-2023
#BUNYODKORLIK “Obod xonadon – obod koʻcha – obod mahalla” dasturi doirasida tubdan qiyofasi oʻzgargan Qiziltepa tumani "Xonrabot" MFYda bayram tarovati 📎 Tadbirda viloyat hokimi N.Tursunov so'zga chiqib, barcha xonrabotliklarni mahallaning obod bo'lgani bilan tabrikladi. 📝 Shuningdek, “Obod xonadon – obod ko'cha – obod mahalla” mezonlari joriy etilgan mahallada olib borilgan bunyodkorlik va jamoat ishlarida faolligi hamda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi bayrami munosabati bilan bir guruh faollar Respublika idoralarining ko'krak nishonlari va tashakkurnomalari bilan taqdirlandi. ✏️ Ma'lumot o'rnida aytish kerakki, mahallaning 90 nafar fuqarosi bandligiga ko'maklashilgan. Tadbirkorlik va o'zini-o'zi band qilish maqsadida faoliyatini boshlamoqchi bo'lgan ishsiz 18 nafar fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo'lgan 406 mln.so'mlik asbob-uskuna va mehnat qurollari kredit va subsidiya asosida olib berilgan. 🌐Bosh boshqarma axborot xizmati
04-12-2023
«Rolik» | Korrupsiyasiz taraqqiyot sari.
01-12-2023
#OAV_BIZ _HAQIMIZDA «DIYOR 24» |Navoiy shahridagi Monomarkazda adliya va sud idoralari tomonidan konstitusiyaga kiritilgan o'zgarishlar va korrupsiyaga qarshi kurashga doir seminar tashkil etildi.
01-12-2023
✔️ “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mahalladagi yoshlarni jalb etib “Yoshlar bog‘i” tashkil etilmoqda.
30-11-2023
#YASHIL MAKON UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA "YASHIL BELBOG""LAR TASHKIL ETILMOQDA 🌿 Ayni kunlarda yurtimiz bo'ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ishlar qizg'in davom etmoqda. Xususan har bir mahallalarda bo'sh turgan yer maydonlariga "Beshlik" tomonidan kuzgi ko'chat ekish hamda "yashil belbog'"lar tashkil etilmoqda. 🌳 Jumladan, Xatirchi tumani "Novja" mahalla fuqarolar yig'inida faoliyat yuritayotgan beshlik tomonidan mahalla atrofiga 80 ga yaqin manzarali hamda mevali ko'chatlar ekib "yashil belbog'"lar barpo etishdi.
30-11-2023
NOGIRONLIGI BOʻLGAN SHAXSLARGA MUNOSIB MEHNAT SHAROITI YARATILMOQDA
30-11-2023
#Murojaat_ortidan HECH BIR MUROJAAT E'TIBORDAN CHETDA QOLMAYDI
30-11-2023
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi brifingi
30-11-2023
#BIR_SAVOLGA_BIR_JAVOB
30-11-2023
NOGIRONLIGI BOʻLGAN SHAXSLARNING BANDLIGIGA KOʻMAKLASHILMOQDA ✔️ Navoiy shahridagi "CHADOS 2009" MCHJ tomonidan nogironligi bo'lgan 7 nafar fuqarolarning bandligi ta'minlangan. ☑️ Ijtimoiy ko'makka muhtoj fuqarolar uchun munosib mehnat sharoiti yaratilgan. Asosiysi g'amxo'rlikdan minnatdor ertangi kunga ishonch bilan odimlamoqda.
30-11-2023
#OAV_biz_haqimizda «Bunyodkorlik» |Xatirchi tumanida mahalla binolari yangicha qiyofa kasb etmoqda.
24-11-2023
"Diyor 24" Bir nuroniy 10 yoshga mas'ul tamoyili asosida Navoiy shahridagi "Janubiy " mahallasi xududida yashillik olamini boyitishga hissa qo'shmoqda.
23-11-2023
#OAV_biz_haqimizda «Diyor 24» | Navoiy shahridagi "Ziyokor" mahallasida MFY raislari ishtirokida o'tgan amaliy seminar tafsiloti.
23-11-2023
#OAV_biz_haqimizda «Hokim yordamchisi bir kuni» | Navbahor tumanidagi "Hashman" mahallasi hokim yordamchisi faoliyati misolida.
23-11-2023
«Rolik» | Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi. Shunday tinch va osuda yurtda, go'zal va baxtli yashashni istasangiz korrupsiya yo'l qo'ymang. ✔️Pora olmang - pora bermang ✔️Chunki, pora bergan ham olgan bilan teng javobgardir. ✔️Xalqimiz farovonligi uchun - korrupsiyaga yo'l qo'ymang
22-11-2023
#Murojaat_ortidan #Mehnat_huquqi HECH BIR MUROJAAT E'TIBORDAN CHETDA QOLMAYDI ✔️ Navoiy viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi, Navbahor tuman Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi bo'limi tomonidan fuqarolarning murojaatlari ijobiy hal etilmoqda.