#норасмий_бандлик Агар иш берувчи билан меҳнат шартномаси тузмасдан ишласангиз: 👉Меҳнат стажингиз бўлмайди ва пенсия ололмайсиз; 👉Иш берувчи сизни исталган пайт ишдан бўшатиши ёки ойлик маошингизни бермаслиги мумкин; 👉Ноқулай меҳнат шароитларига дуч келасиз; 👉Бола парвариши, ҳомиладорлик, тиббий ва меҳнат таътили пулларидан маҳрум бўласиз; 👉Уй, машина ёки бошқа эҳтиёжлар учун кредит ололмайсиз; 👉Ўзгарувчан ойлик маоши; 👉Меҳнат таътилисиз фаолият; 👉Карьеранинг ўсмаслиги. Шундай экан норасмий меҳнатга рози бўлманг!
29-10-2024
#Bir mahalla - bir mahsulot Bugungi kunda tomorqadan unumli foydalanishga bo'lgan yondashuv mutloqo o'zgarib davlat siyosatining ustuvor yo'nalishiga aylanib bormoqda. Batafsil: "Tabarruk Zamin" ko'rsatuvida.
29-10-2024
RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI ✍️ Viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarma boshlig'i Lutfullo Xayrullayev Kambag'allikni qisqartirish va bandlik tizimida mehnat qilayotgan bir guruh yoshlar bilan uchrashdi. 🔹 Bugungi kunda tizimdagi 400 ga yaqin xodimlarning 50 nafardan ko‘prog‘ini yoshlar tashkil etadi. Batafsil: "Diyor 24" dasturida.
29-10-2024
Maxsus reportaj | Mahalla yettiligi: yangi tizim samaralari Batafsil: "Maxsus reportaj" dasturida.
29-10-2024
Aholi bandligi 🌏 Navoiy shahar "Farovon" MFY hokim yordamchisi Hayitmurod Mahmudov faoliyatidan lavha. Batafsil: "Hokim yordamchisi bilan bir kun" dasturida.
29-10-2024
Маҳаллий меҳнат органларига мурожаат қилаётган фуқаролардан ортиқча ҳужжатлар талаб этилишининг олди олинади Манба: ЎРҚ-967-сон (https://lex.uz/docs/7124178)
29-10-2024
Tomorqa daromad manbai ➡️ Navbahor tumanidagi "Navkar" MFY hokim yordamchisi Dildora Suvonova aholi turmush farovonligini yaxshilash, tadbirkorlikka jalb qilish va bandligini ta'minlash borasida qator ishlarni amalga oshirdi. 🎙Batafsil: “Navoiy FM-101.6” radiokanalining “Mahallada nima gap” eshittirishida.
29-10-2024
Камбағалликни қисқартириш ва аҳоли турмуш фаровонлигини ошириш йўлидаги чора-тадбирлар ▪️Давлатимиз раҳбарининг ПҚ-347 (https://t.me/mehnatvazirligi/17653) сонли қарори билан Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирлиги олдига қандай вазифалар қўйилди? ▪️"100 та энг самарали микролойиҳа" каталоги нима? ▪️50 нафар ҳоким ёрдамчисидан иборат "Лойиҳа менежерлари" гуруҳи қандай ишларни амалга оширади? ▪️Камбағалликни қисқартириш ва касб-ҳунарга ўқитиш йўналишлари лойиҳавий ёндашув асосида ташкил этилади. Бу нима дегани? 👉батафсил "Студия 24" (https://youtu.be/nvaxLYDAF6k) дастурида
29-10-2024
#OAV_biz_haqimizda «Assalom yangi kun» |Dastur mehmoni viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi bo'lim boshlig'i Feruz Boboqulov bilan suhbat.
29-10-2024
Monomarkaz — kasbga tayyorlashning samarali yoʻli O'zbekiston 24|"Maxsus reportaj". «Ishga marhamat» monomarkazida fuqarolarga kasb-hunar va xorijiy tillar o`rgatilmoqda. 🎥 Batafsil: O'zbekiston 24|"Maxsus reportaj" dasturida.
30-09-2024
➡️ Navoiy viloyatida Kambag'allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirish yo'lida qator ishlar amalga oshirilmoqda. 🎥 Batafsil: O'zbekiston 24 telekanalining "Maxsus reportaj" dasturida.
30-09-2024
#Radiomuloqot 📻 FM-101.6 Hokim yordamchisi faoliyati ➡️ Navoiy shahridagi "Yangi hayot" MFY hokim yordamchisi Ma'ruf Fattoyev aholi turmush farovonligini yaxshilash, tadbirkorlikka jalb qilish va bandligini ta'minlash borasida qator ishlar amalga oshirdi. ⚡️Xususan, joriy yilning o'tgan 8 oy davomida hokim yordamchisi tomonidan "Har bir oila tadbirkor" dasturi doirasida tadbirkorlik qilish va tadbirkorligini kengaytirish istagida bo'lgan 25 nafar fuqaroga, shuningdek, PQ 306-son qarori aosida 6 nafar tadbirkorga jami 1 mlrd 250 mln so'm imtiyozli kreditlar ajratildi. 🔹 "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"da ro'yxatda turgan 10 nafar ishsiz xotin-qizlar va yigitlarga subsidiya asosida tur xil asbob uskunalar olib berildi. ✏️ Kasb-hunarga ega bo'lmagan 25 nafar fuqarolar Navoiy shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida kasb-hunar egallashlariga ko'maklashildi. 🎙Batafsil: “Navoiy FM-101.6” radiokanalining “Mahallada nima gap” eshittirishida.
30-09-2024
Hokim yordamchisi nimalar bilan band? ➡️ Karmana tumani Mirsaid Bahrom MFYda xizmat ko'rsatish va ishlab chiqarish bilan bog'liq tadbirkorlik samarali rivojlanmoqda. 🔹Hokim yordamchisi tavsiyasi bilan "Har bir oila tadbirkor" dasturi doirasida tadbirkorlik qilish istagida bo'lgan mahalladagi 172 nafar fuqaroga imtiyozli kredit ajratilib, 45 ta yangi loyihalar tashkil etildi. Bu orqali tadbirkorlar tomonidan 200 dan ortiq yangi ish o'rinlari yaratildi. 🎙Batafsil: “Navoiy FM-101.6” radiokanalining “Inson qadri” eshittirishida. ✔️ Dastur mehmoni Navoiy viloyati Karmana tumani Mirsaid Bahrom MFY hokim yordamchisi Behzod Savurov.
30-09-2024
Mahsulotlarining 60 foizini eksport qilayotgan tadbirkor ayol ➡️ Bugungi kunda mazkur korxonada 80 nafardan ortiq xotin-qizlarni bandligi ta'minlangan bo'lib, bu yerda ishlab chiqarilayotgan trikotaj mahsulotlari bir kunda 2 ming donani tashkil etadi. Shuningdek, ushbu korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlar Rossiya davlatiga ham eksport qilinmoqda.
30-09-2024
Navoiy viloyati Xatirchi tumani "Novja" MFY hokim yordamchisi Nurbek Boborahmatov faoliyati. Batafsil: "Hokim yordamchisi bilan bir kun" dasturida.
30-09-2024
"Imkoniyat" Xotin-qizlar bandligi ta'minlanmoqda Nurota tumanida hozirgi kunda ish bilan band bo'lgan 13939 nafar ishchi xodimning 7660 nafarini ayollar tashkil etadi. Bugun tumanda faoliyat yuritayotgan tekstil korxona Nurotalik 100 nafar xotin-qizlar bandligini ta'minladi.
30-09-2024
Bitiruvchi yoshlar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi Navoiy shahrida tashkil etilgan mehnat yarmarkasida 92 ta korxona va tashkilot 9912 ta bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi. Yarmarkada 1108 nafar bitiruvchi yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda ishsiz kasb-hunarga ega bo'lmagan 76 nafar fuqaroga, monomarkazlarga o'qishlari uchun yo'llanmalar berildi. Shuningdek, 110 nafar tadbirkorlik qilish istagida bo'lgan fuqarolarga, subsidiya va imtiyozli kreditlar uchun tavsiyanomalar ajratildi. Jarayonda, 321 nafar fuqarolarga mehnat qonunchiligi bo'yicha maslahatlar berildi.
30-09-2024
Ijtimoiy himoyadan - Ijtimoiy tadbirkorlik sari 👥 Navoiy viloyati Navbahor tumanining “Paxtakor” mahallasida yashovchi Shohsanam Xidirova shu paytgacha "Ijtimoiy himoya yagona reyestrda" ro‘yxatda turgandi. Oila o‘rganilganda, turmush o‘rtog‘i va o‘zi parrandachilik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan. Shundan so‘ng, mahalladagi hokim yordamchisi tavsiyasi asosida Sh.Xidirovaga 33 million so‘m imtiyozli kredit ajratildi. 💵 Qisqa fursatda Sh.Xidirova 200 dona bedana bilan boshlagan faoliyati kengayib, hozirda xonadonida 3 mingga yaqin bedana yetishtirmoqda. Yiliga esa 60-70 million so‘m daromad topish imkoniyati yaratildi. 🖋 Hozirda Shohsanam Xidirova "Ijtimoiy himoya yagona reyestrda" ro‘yxatdan chiqarilgan bo‘lib, faoliyatini yanada kengaytirishni maqsad qilgan.
30-09-2024
#Radiomuloqot 📻 FM-101.6 Aholi bandligi 🔹2024-yilning o'tgan 8-oy davomida 2448 nafar ishsiz fuqarolar vaqtinchalik JAMOAT ISHLARIGA jalb qilinib 2 587.2 mld so’m ish haqi to’lovlari amalga oshirildi. 🎙Batafsil: Navoiy viloyat radiosining "Xulosa o'zingizdan" eshittirishida.
26-09-2024
| Korrupsiya-Kelajak kushandasi. Shunday tinch va osuda yurtda, go'zal va baxtli yashashni istasangiz korrupsiya yo'l qo'ymang. ✔️Pora olmang - pora bermang ✔️Chunki, pora bergan ham olgan bilan teng javobgardir. ✔️Xalqimiz farovonligi uchun - korrupsiyaga yo'l qo'ymang Siz Kambag'allikni qisqartirish va bandlik tizimida qonunbuzarlik va korrupsiya holatlariga duch kelsangiz, ushbu havola orqali @Navoiy_bandlikAntiKorrupsiyabot, yoki korrupsiyaga-qarshi-kurashish Ishonch telefon ☎️+99879-224-13-93 orqali bevosita (24/7 rejimida) murojaat qilishingiz mumkin. ❗️Murojaatingiz o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini va shaxsingiz sir tutilishini kafolatlaymiz. Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz!