Янгиликлар
Янгиликлар
2023-11-04
✅ Davlatimiz rahbari tomonidan ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab quvvatlash, hududlarda “xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va ishsizlikdan holi hudud” dasturlarini ishlab chiqish va ijrosini ta’minlash bo‘yicha belgilab berilgan vazifalarni samarali va tizimli amalga oshirish maqsadida kuni kecha, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi va Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bilan birgalikda “Bo‘sh ish o‘rinlari” yarmarkasi tashkil etildi.
✅ Yarmarkada tumanda faoliyat yuritayotgan 10 dan ortiq korxona va tashkilotlar 30 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.
✅ Mazkur mehnat yarmarkasida 4 nafar ishsiz xotin-qizlar doimiy ish bilan bandligi ta'minlandi, 9 nafari "Yangi Konimex chevarlari" MCHJ tomonidan kasanachilik bilan shug‘ullanishi uchun tikuv mashinkasi va xomashyolar bilan ta’minlandi.
🌐Bosh boshqarma axborot xizmati