Янгиликлар
Янгиликлар
2023-12-04
📎 Korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining asosiy yo'nalishlaridan biridir. Bu borada birinchi galda fuqarolarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish asosiy vazifa qilib qo'yilgan.
📝 Aslida bugun korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga javobgarlik muqarrarligini aksariyat odamlar anglasada biroq bu jinoyatning sodir etilayotganini jamoatchilik kuzatib turibdi. Ta'kidlash joizki korrupsiyaga qarshi faqat targ'ibot tadbirlari orqali kurashish yaxshi samara beradi.
✏️ Shu maqsadda Nurota tumani Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi xodimlari ishtirokida "korrupsiya illatiga qarshi kurashish" mavzusida davra suhbati tashkil etilib, mavzu doirasida tushuntirishlar olib borildi.
✔️ Agar siz sohada qonunbuzarliklar yoki korrupsiyaviy xatti-harakatlarga guvoh bo‘lsangiz, quyidagi havola orqali bizga xabar bering🔽
✏️ @anticorruption_mepr_bot
Yoki Navoiy viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining
☎️(79)-224-23-00
ishonch telefoniga qo'ng'iroq qiling📞
(Shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi)
🌐Bosh boshqarma axborot xizmati