Янгиликлар
Янгиликлар
2024-01-17
#SEMINAR
#MEHNATNI MUHOFAZA QILISH
Mehnatni muhofaza qilish mehnat jarayonida insonning xavfsizligini, hayoti va sog‘lig‘i, ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga doir huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiena, davolash-profilaktika, reabilitatsiya tadbirlari va vositalari tizimidir.
Ish beruvchilar xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlarini ta’minlashi shart.
Ayni maqsadda bugun Konimex tumani Maktab va maktabgacha ta'lim bo'limi mas'ullari va tizim tashkilotlari ish beruvchilar ishtirokida, Navoiy viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi hamda Navoiy viloyati kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda Mehnatni muhofaza qilish sohasi uning tizimdagi ijrosi bo'yicha seminar bo'lib o'tdi.
Seminarda mas'ullar tomonidan mehnatni muhofaza qilish va mehnat kodeksi talablari, mazmun mohiyati ishtirokchilarga tushuntirib o'tildi.
🌐Bosh boshqarma axborot xizmati