Янгиликлар
Янгиликлар
2024-04-08
✔️ Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va Bandlik Vazirligining 2024-yil 21-fevraldagi “Vazirlik tizimidagi tashkilotlarda inson resurslari bilan ishlash bo‘linmalari faoliyatini o‘rganish va amaliy yordam berish to‘g‘risida”gi 25-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining 2024-yil 12-mart kunidagi 51-ICH-sonli buyrug'i tasdiqlangan.
🔹 Mazkur buyruqda belgilangan vazifalarning ijrosini samarali tashkil etish maqsadida, bugun Navoiy viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi mutasaddilari tomonidan, Zarafshon shahar, Uchquduq va Tomdi tuman Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limlarining inson resurslari bilan ishlash bo‘lim faoliyati o‘rganilib amaliy ko'mak berildi.