Янгиликлар
Янгиликлар
2024-04-15
✔️ Viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig'i Lutfullo Xayrullayev ishtirokida, bugun Navbahor tumanidagi "Navkar" mahallasida Probatsiya guruhi hisobida turuvchi nazorat ostidagi yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, band bo'lmagan yoshlarni bandligini ta'minlash, tadbirkorlikka jalb qilish va qonunga itoatkorlik hissini oshirishdan iborat.
Har qanday inson xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin, muhimi uni o‘z vaqtida anglay bilishi, hayotni yangitdan boshlash, huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ymaslik zarur.
Shu sababli rahbar nazorati ostidagi tumanning "Navkar" hamda "Sarbozor" mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlarni qiynayotgan muammolari tinglanib, huquqiy tushuncha va amaliy yordam berildi.
🌐Bosh boshqarma axborot xizmati