Янгиликлар
Янгиликлар
2024-04-19
#Kasanachilikni rivojlantirish asosida aholi bandligini ta’minlash
✔️ Mamlakatimizda har bir kishining ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar mehnat qilishi, kasb-hunar egallashi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Kasanachilikni rivojlantirish orqali esa ishsiz aholi, ayniqsa xotin-qizlar, bandligiga ko‘maklashilmoqda.
🔹 Xususan, Navbahor tumanidagi "Paxtakor" MFY hokim yordamchisi tomonidan mahalla aholisi bandligini ta'minlashda samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, mazkur mahallada istiqomat qiluvchi Dilfuza Po'latovaga hokim yordamchisi tavsiyanomasi asosida imtiyozli kredit ajratilib, hunarmandchiligini yo'lga qo'yishda amaliy yordam ko'rsatildi. Natijada kasanachilikni yo'lga qo'yish orqali, mahalladagi 7 nafar xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi.
🔹 Endilikda mazkur xotin-qizlar o'zini-o'zi band qilgan holda, hunarlari orqali oilasiga qo'shimcha daromad keltirmoqda. Bunday amaliy ishlar albatta oilalar faravonligini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega.
🌐Bosh boshqarma axborot xizmati