Янгиликлар
Янгиликлар
2024-04-24
Manfaatli taklif, mo‘may daromadga ega bo‘lishga qaratilgan hatti-harakatlar, o‘zgalarning “mushkul”ini oson qilishga urinish korrupsiya alomatlari bo‘lishi mumkin. Poraxo‘rlikning oqibatlari bilan kurashish emas, bu illatning oldini olish muhim.
➡️ Bugun viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasida komplayens nazorat bosh mutaxassisi, shuningdek boshqarma xodimlari ishtirokida korrupsiyani oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
✅ Targ‘ibot tadbiridan ko‘zlangan maqsad, poraxo‘rlik bilan bog‘liq jinoyatlarga yo‘l qo‘ymaslik, manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishga qaratilayotgan.
✅ Tadbir davomida mavzuga oid roliklar namoyish etilib, xodimlarni qiziqtirgan savollarga boshqarma komplayens nazorat bosh mutaxassisi tomonidan berilayotgan javoblar xodimlarning huquqiy bilimini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
🌐Bosh boshqarma axborot xizmati