Янгиликлар
Янгиликлар
2024-05-07
RASMIY MUNOSABAT
🌐 Kuni kecha ijtimoiy tarmoqda “Navoiydagi tibbiyot markazi xodimlari 7 oydan buyon oylikni o'z vaqtida olmayapdi” mazmunidagi xabar tarqaldi.
Mazkur xabardagi holatni Navoiy viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi tomonidan o'rganish olib borildi. O'rganish natijalariga ko'ra, Navoiy viloyati ko'p tarmoqli tibbiyot markazining 2023-2025 yillar uchun tasdiqlangan jamoa shartnomasining 5.7-bandida har oyning birinchi yarmi uchun oyning 20-sanasida avans, keyingi oyning 7-sanasiga qadar qolgan ish haqilari ikkinchi qismi to'liq to'lab berilishi lozimligi ko'rsatilgan. Tibbiyot markazining ishchi xodimlarga to'lagan ish haqi hisobotlari tekshirilganda o'z vaqtida to'lab berilganligi shuningdek 2024-yilning aprel oyi ish haqi joriy yilning 6-may sanasida to'liq to'lab berilganligi aniqlandi. Shunga ko‘ra, 2024-yil 6-may kunidagi ijtimoiy tarmoq orqali berilgan mazkur murojaat o‘z tasdig‘ini topmadi.
🌐 Bosh boshqarma axborot xizmati