Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

Mehnat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi

error

2024-05-14

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 10-may kuni "Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi. (https://lex.uz/uz/pdfs/6916638)

Unga muvofiq, 2024-yil avgust oyiga qadar qonun loyihasi ishlab chiqilib, Mehnat kodeksiga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish belgilandi:

▪️boshqa xodimga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holati yuzasidan taxdid qilayotgan xodimni ish beruvchi tashabbusi bilan boshqa doimiy ishga o‘tkazish yoxud ish beruvchi tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish; 

 ▪️mehnat jarayonidagi tazyiq va zo‘ravonlikni hamda ushbu holatlar yuzasidan ko‘rilgan choralarni idoraviy odob-axloq komissiyasida yoki kasaba uyushmasi vakili ishtirokida bayonnoma tuzgan holda batafsil muhokama qilish; 

 ▪️kalendar yili davomida himoya orderidan foydalangan xodimga o‘zining ruhiy-emotsional holatini tiklash uchun asosiy mehnat ta’tili bilan birgalikda ish haqi saqlangan holda 10 kundan iborat qo‘shimcha mehnat ta’tili berish.