Янгиликлар
Янгиликлар
2024-05-15
📎 Bugun Karmana tumanidagi Mirsaid Bahrom MFY da ishsiz aholi bandligini ta'minlash maqsadida Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish tuman bo'limi tomonidan bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi bo'lib o'tdi.
Mazkur yarmarkada tumandagi 10 dan ortiq korxona va tashkilot shuningdek, tadbirkorlik sub'yektlari o'zlarida mavjud 43 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi.
Mehnat yarmarkaga 53 nafar ishsiz fuqarolar jalb qilindi. Shundan
8 nafar fuqaroga doimiy ishga joylashishi uchun yo‘llanmalar berilib, 1 nafari haq to'lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi. Shuningdek,
5 nafar fuqaroga Navoiy shahridagi "Ishga marhamat'' monomarkaziga kasbga qayta tayyorlash uchun yo‘llanmalar ajratildi.
Tadbir davomida "Ayollar" va "Yoshlar" daftarida ro'yhatda turgan fuqarolarning 3 nafarga moto kultivator, 3 nafariga pishiriq pech,
16 nafariga tikuv mashinalari subsidiya asosida topshirildi.
🌐Bosh boshqarma axborot xizmati