Янгиликлар
Янгиликлар
2024-05-16
📎 Navoiy viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi viloyat boshqarmasi hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi viloyat bo'limi hamkorligida yangi ishga qabul qilingan hokim yordamchilari uchun oʻquv-seminar tashkil etildi.
🔹 Joriy yilning 16-21-may kunlari hududlardagi 116 nafar hokim yordamchilari mazkur seminarda malaka oshirishi belgilangan.
🔹 Seminarda mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, hududlarning mavjud ichki imkoniyatlarini ishga soluvchi omillar va yo‘nalishlarni aniqlash masalalari ko‘rib chiqildi.
🔹 Shuningdek, yetakchi tadbirkorlar va namunali hokim yordamchilari bilan o‘zaro tajriba almashish borasida kelishib olindi.
🌐Bosh boshqarma axborot xizmati