Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

Aholi ko‘proq qaysi sohalarni o‘rganishga qiziqmoqda

error

2024-05-16

Aholi ko‘proq qaysi sohalarni o‘rganishga qiziqmoqda

Joriy yil yanvar-aprel oylarida 49,9 ming nafar aholi mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasb-hunarlarni o‘rganish uchun Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi o‘quv markazlari, davlat va nodavlat ta'lim muassasalariga hamda "Ustoz-shogird" an'anasi asosida bepul o‘qishga jalb qilindi.

Ularning: 

▪️37,5 ming nafari – sanoat va xizmat koʻrsatish;

▪️5,8 ming nafari – qurilish; 

▪️2,6 ming nafari – hunarmandchilik;

▪️2 ming nafari – IT;

▪️2 ming nafari – agrotexnologiyalar yo‘nalishlarida oʻqishga qiziqish bildirgan.